Mashhur futbolchining o‘g‘li butunlay ko‘r bo‘lib qolishi mumkin

  • 22.08.2026 15:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Liverpool» va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen oʻgʻlining sogʻligi bilan bogʻliq ogʻir muammo haqida ochiq gapirib, juda hissiy intervyu berdi.

Uning aytishicha, 20 yoshli oʻgʻli Jeymsga koʻz kasalligi tashxisi qoʻyilganidan soʻng, buni koʻtara olmay yigʻlab yuborgan. 

Degerativ koʻz xastaligi shifokorlar tomonidan «sekin harakatlanuvchi bomba»ga qiyos qilinmoqda. Kasallik davolab boʻlmaydi va kelgusida Jeymsning butunlay koʻr boʻlib qolish xavfi bor.

Gap Shtargardt kasalligi haqida ketmoqda. Bu kam uchraydigan, irsiy koʻz xastaligi boʻlib, koʻrish qobiliyatining bosqichma-bosqich yoʻqolishiga olib keladi. Odatda bolalik yoki oʻsmirlik davrida boshlanadi va natijada koʻrish hiralashishi, tasvirning gʻalati yoki boʻyoqdek koʻrinishi kuzatiladi.

«Unga birinchi marta tashxis qoʻyilgan kunini hali ham aniq eslayman. Mashina haydayotgan edim, yoʻlda uch-toʻrt marta toʻxtab, shunchaki yigʻlab yuborganman», — dedi Ouen Amazon platformasiga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!