Mashhur yulduz hamyurti Florian Virtsga mos keladigan jamoa topib berdi
1990 yilda «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Germaniya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi Lotar Matteus «Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virts haqida fikr bildirdi. U nemis futbolchisiga faoliyatini boshqa klubda davom ettirishni tavsiya qildi.
«Ispaniyada Virtsga qiziqishi mumkin bo‘lgan jamoalar bor. Shuningdek, Angliyada ham bir klub bor – «Chelsi». U yerda hozir Virtsning sobiq murabbiyi Xabi Alonso faoliyat yuritmoqda», – dedi Lotar Matteus.
Eslatib o‘tamiz, Florian Virts Xabi Alonso qo‘l ostida «Bayer» tarkibida o‘ynagan. Joriy mavsumda u «Liverpul» uchun 7 ta o‘yinda maydonga tushib, bir golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar