
Nigeriyalik futbolchi raqib bilan to‘qnashuvdan so‘ng vafot etdi
Kecha Nigeriya chempionatidan o‘rin olgan "Nasarava Yunayted" va "Katsina Yunayted" jamoalari bahsida fojia yuz berdi.
O‘yin paytida raqib bilan to‘qnashib ketgan futbolchi Chieme Martins jiddiy jarohat oldi. Afsuski, tez yordam mashinasi o‘t olmagani bois futbolchini tezkorlik bilan kasalxonaga olib borishning iloji bo‘lmadi.
Natijada, shifokorlar uning hayotini saqlab qolisholmagan.
Fikrlar