
Mashmashali transfer. "Barselona" Torresni "Siti"ga qaytarib yubormoqchi
"Barselona" klubi "Manchester Siti"dan olingan yarim himoyachi Ferran Torres ro‘yxatdan o‘tkaza olmasligi mumkin.
Kataloniyaliklar La Liganing moliyaviy feyr-pley talablari tufayli Ferranni tarkibga qo‘sha olmasa, uni "Siti"ga qaytarib yuborishni taklif qilib, rad javobini olgan.
Shuningdek, 2013 yilda xarid qilingan Denis Suaresning transferidan ham 1.5 million evro qarz ekanligini "shaharliklar" "Barsa" rahbariyatiga eslatib qo‘ydi.
Sobiq prezident Xosep Bartameu bu pulni to‘lashdan bosh tortgan. Manchester klubi Torres bilan rasmiy shartnoma imzolangunga qadar bu pullarni to‘lashni so‘ramoqda.
Fikrlar