Mashrabjon Ro‘ziboevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 21 aprel, 2023, 18:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

11 may kuni Toshkent shahri yana bir MMA kechasiga mezbonlik qiladi. Ya’ni, “Fight Night Gladiators” turniri tashkil etiladi.

Mazkur jang kechasida bir qator o‘zbek MMA olamining ko‘zga ko‘ringan vakillari oktagonga ko‘tarilishi kutilmoqda. Jumladan, Mashrabjon Ro‘ziboevning jang qilishi va uning raqibi ham ma’lum bo‘lib ulgurgan. Ro‘ziboev shu kuni ukrainalik Mixail Kislitsaga qarshi bahs yuritadi. Jang yarim o‘rta (77.1 kg) vazn toifasida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Kislitsaning professional rekordi 15-5 bo‘lsa, Mashrabjon Ro‘ziboevning ko‘rsatkichi 17-4-1 ko‘rinish olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!