Mashxur sayt O‘zbekistonning tarixiy natijaga yaqinligi haqida yozdi

  • 4 iyun, 16:19
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashxur saytlardan biri "Flashscore" JCh saralashi doirasidagi navbatdagi bahslar oldidan jamoalarning imkoniyatlari haqida yozdi. Xabar davomida Osiyo saralashidagi "A" guruhidagi vaziyatga ham to‘xtalib o‘tildi.

Tecno

"Eron allaqachon saralashdan o‘tgan "A" guruhida O‘zbekiston ilk bor Jahon chempionatiga chiqish arafasida turibdi.

Ular Abu-Dabida uchinchi o‘rindagi Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi bahsda mag‘lub bo‘lmasa, Markaziy Osiyo mamlakati tarixiy yutuqqa erishadi.

Osiyo chempioni Qatar uchun eng yaxshi natija - uchinchi yoki to‘rtinchi o‘rinni egallab, keyingi saralash bosqichiga chiqish.

Ular avval Eronni qabul qiladi, so‘ngra O‘zbekistonga safar qiladi. Jamoaga ilk bor "Vest Xem Yunayted", "Real Madrid" va Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi rahbarlik qiladi." - deyiladi "Flashscore" maqolasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!