"Mash’al" legioneri bilan xayrlashdi

  • 27 avgust, 2020, 23:38
  • 0
  • Futbol

Mavsum boshida “Mash’al” o‘z safiga bir qator legionerlarni qo‘shib olgandi. Lekin barchasi ham jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘la olmadilar.

Turkmanistonlik futbolchi Didar Durdievni taklif qilish orqali hujum chizig‘ini kuchaytirish mo‘ljallangandi. Biroq bunday bo‘lmadi va u etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan holda zaxirada qolib ketdi.

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Mash’al" rahbariyati turkmanistonlik legioner bilan xayrlashishga qaror qilgan. Xumoyun Murtazoev esa uning o‘rnini to‘ldirish uchun ijaradan qaytarilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!