
Masvidal Kovingtonning tishini "to‘kib qo‘ydi" (video)
Jurnalist Endi Sleyter UFC jangchilari Xorxe Masvidal va Kolbi Kovington Mayamidagi restoranlardan birida mushtlashgani haqida yozmoqda.
"Yuzingni ko‘rsat hammaga. Qanday ahvolga tushganingni ko‘rishsin. Men Deyddanman va bu erda gapirgan gapga javob beriladi. Biz masalani shunday hal qilamiz", - dedi Masvidal.
Sleyterning qo‘shimcha qilishicha, politsiya ham chaqirilgan. Kovington bitta tishidan ayrilgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 5 mart kuni UFC 272 turnirida Kovington Masvidalni hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.
Fikrlar