Masvidal MakGregorga ajoyib taklif bilan chiqdi!

  • 9 iyul, 2022, 15:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Masvidal MakGregorga BMF kamari uchun jang qilishni taklif qildi.

"Men o‘rtaga eng zo‘r “bezori” kamarini va biroz pul tikaman. Sen eng zo‘r bezorimisan va puling bormi? Kel biroz pul tikamiz. Ularni ekskrou hisobga qo‘yamiz, tushunyapsanmi? Men bir necha million tikaman, sen ham tik va men qo‘shimchasiga BMF kamarini qo‘yaman. Eng zo‘r bezori bu pullarning hammasini oladi",- dedi MakGregor.

Eslatib o‘tamiz, Masvidal so‘ngi jangini Kolbi Kovingtonni qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. 

(Muallif tahlili?) Ho‘p, bu jang borasida qanday fikr bildirish mumkin? 

Konor MakGregor jiddiy jarohatdan va mag‘lubiyatlardan keyin yana asta-sekin jismoniy holatini tiklashga harakat qilmoqda. To‘g‘ri, vazn toifasi bo‘yicha Masvidal bitta yuqori divizion - yarim o‘rta vazn toifasida harakat qiladi. Biroq, MakGregorni xozirgi holati o‘rta vaznga to‘g‘ri keladi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Qizig‘i, agar bu jang tashkil etilsa, qaysi vazn toifasida bo‘lib o‘tadi, degan savol tug‘iladi. Xullas, bu jang qaysidir ma’noda bo‘lish ehtimoli yuqori, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, Konor pullik janglarda ishtirok etishdi hadisini olgan. Hozirda, Konor engil vazn toifasidagi istalgan raqibga qarshi jang qilishi mumkin. Biroq, Masvidal bilan jang muxlislarning yanada qiziqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki, Masvidal ham garchi, katta natijalar qilmagan bo‘lsa-da, Xuddi  Neyt Dias kabi muxlislar orasida "Katta yulduz"ga aylanib ulgurgan. 

Qolaversa, har ikkisining ochiq jang o‘tkazishi va uslub jihatidan bir-biriga yaqinligi ham qiziqarli to‘qnashuv bo‘lishini kafolatlaydi va aynan shu uchun ham bu jang qiziq!

Imkoniyatlar borasida gapiradigan bo‘lsak, Konor darxaqiqat talant! U "stoyka" da ajoyib salohiyatga ega... Albatta, biz ancha avvalgi Konorni nazarda tutayapmiz. Xozirgi holati va vazn nuqtani nazardan qanday holatga ega ekanligi noma’lum. Ammo, undan o‘ziga xos syurprizlarni kutish mumkin. Uning birgina ikkilantiradigan tomoni yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, jarohatdan keyingi holati qanday ekanligida...

Masvidal ham divizionida aynan "stoyka"da jang olib borish borasida etakchilar qatorida e’tirof etiladi. Uning ustunlik jihati faqatgina zarba kuchida desak, yanglishmagan bo‘lardik. Kurash va "teyk-daun"lar borasida biror fikr bildirish qiyin. Bu borada ustunlikni birortasiga bermagan bo‘lardik. Bir so‘z bilan aytganda imkoniyatlarni 50/50 ga baholar edik. Agar, bu jang bo‘lsa, ikki jangchi moliyaviy jihatdan, muxlislar esa qiziqarli jang tomonidan yutishi aniq! 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!