Matyuidi: Ronaldu nega besh marta "Oltin to‘p"ni olganini endi tushundim

  • 02.09.2018 18:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Blez Matyuidi portugaliyalik jamoadoshi Krishtianu Ronalduning mashg‘ulotlardagi harakatlaridan hayratga tushayotganini aytdi.

“U – dunyoning eng yaxshi futbolchisi va u bilan o‘ynash bizga juda yoqadi.

U xuddi sher kabi shug‘ullanadi. Birinchi bo‘lib kiradi, oxiri bo‘lib chiqib ketadi. U o‘z ustida tinimsiz ishlayveradi. Men bunaqasini hech qachon ko‘rmaganman va endi nega u besh marta “Oltin to‘p”ga sazovor bo‘lganini bildim”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!