Maurisio Pochettino: Mening futbolchilarim - qahramonlar
“Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino kecha “Manchester Siti”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, garchi “shporlar” shu kuni 4:3 hisobida mag‘lub bo‘lishgan bo‘lsalarda, o‘z uylarida qo‘lga kiritilgan 1:0 hisobidagi g‘alaba ularni yarim finalga olib chiqdi.
“Voqealarning bunday yakunlanganiga aqlbovar qilmaydi. Men juda baxtliman. Mening futbolchilarim – qahramon, ular bilan faxrlanaman. Men ular uchun va muxlislarimiz uchun judayam xursandman.
O‘sha paytda (“siti”ning qo‘shimcha daqiqalarda urgan goli VAR yordamida bekor qilingan vaziyat.sports.uz) boshimdan juda ko‘p narsalar o‘tdi. Barchada katta umidsizlik paydo bo‘ldi. Ammo, keyin qaror o‘zgartirildi. Mana shuning uchun ham biz futbolni yaxshi ko‘ramiz.
Bugun biz o‘z xarakterimizni ko‘rsatdik, bu aqlbovar qilmas o‘yin edi”, - deydi argentinalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” endi musobaqaning yarim finalida “Real” va “Yuventus”ni turnirdan chiqarib yuborgan “Ayaks”ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar