Maurisio Pochettino Messi, PSJ tarkibi va raqobat haqida gapirdi

  • 13 avgust, 2021, 19:13
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Frantsiya chempionati 2-turidan o‘rin olgan "Strasburg"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Klub tarkibiga bir nechta futbolchilar kelib qo‘shilgan paytda, murabbiylar shtabi va yangi kelganlarga oson bo‘lmaydi. Lekin bu bizning vazifamiz. Biz raqobatbardosh bo‘lishimiz lozim. Asosiy maqsadimiz - ertaga uch ochko olish va bor e’tiborimizni shunga qaratamiz.

Lionel Messi biz bilan ekanligidan juda xursandmiz. Uni bu erda kutib olish men uchun baxt. Leo energiyaga to‘la. Bizda ajoyib jamoa bor. PSJ istalgan klubga raqobat tug‘dira oladi. Maqsadlarimizga erishish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz",-dedi argentinalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Parij klubi Frantsiya chempionati 1-turi doirasida "Trua" maydonidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!