
Mauritsio Sarri: Kurzava bilan yaxshi tanish emasman
"Yuventus" ustozi Mauritsio Sarri PSJ himoyachisi Leyvan Kurzava transferi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi.
"Kurzava jamoamizga qanday foyda keltira olishi mimkin? Bu haqida biron gap ayta olmayman.
Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, Kurzavaning o‘yin uslubi bilan yaxshi tanish emasman. Faqatgina uning ishtirokidagi bir qancha o‘yinlarni televizor orqali ko‘rdim.
Men bu kelishuv bo‘yicha muzokaralar davom etayotgani va tomonlar kelishuvga erishishga ulgurmaganligini aytishim mumkin", - deydi Sarri.
Fikrlar