
Mavluda Mavlonova ham Osiyo chempionatini tark etdi
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mavluda Mavlonova chorak final bosqichida Xitoy taypeyilik Vei-Sien Linga qarshi ringga ko‘tarildi. Mazkur jangda hamyurtimiz ochkolar hisobi bo‘yicha raqibasiga mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar E’zoza Melieva (-81 kg) va Rayhona Qodirovalar (-60 kg) ham kurashni chorak finalda to‘xtatgan edi.
Foto: O‘BF
Fikrlar