Mavsum davomida "Real" darvozasiga bitta ham uzoq masofadan gol urilmadi
"Real" La Liganing 2019/20 yilgi mavsumida birorta ham uzoqdan berilgan zarba evaziga gol o‘tkazib yubormadi.
"Qaymoqranglilar" kamida 2003/04 yilgi (avvalgi mavsumlar statistikalari ma’lum emas) mavsumdan beri ushbu ko‘rsatkichga erishgan birinchi jamoaga aylandi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida madridliklar darvozasi tomon jarima maydonchasi tashqarisidan umumiy 28 marta zarba yo‘llandi. Shularning 24 tasini Tibo Kurtua qaytarib qolgan bo‘lsa, yana 4 ta seyv Alfonso Areolyaga tegishli.



Fikrlar