Mavsumning omadsiz klubidagi omadsiz hujumchi

  • 3 may, 2023, 14:46
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" Premer-liganing 34-turida "Arsenal"ga qarshi bahs o‘tkazib, 3:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mazkur o‘yinda Frenk Lempard tomonidan kutilmagan qaror qabul qilindi. Aniqrog‘i, Obameyang 6 oy deganda birinchi marta asosiy tarkibda maydonga tushirildi. Bir qarashda hammasi yaxshi, "aristokratlar"ning maydonda haqiqiy 9 lik hujumchisi bor. Shu paytgacha Xavertts bu vazifani bajarib kelayotgandi. U ajoyib futbolchi, sheriklariga yaxshi imkoniyatlar taqdim qila oladi, biroq jamoaga baribir vaziyatlarni yakunlovchi o‘yinchi kerak edi. Sababi, "Chelsi" fevraldan beri bir oyda bittadan ko‘p gol ura olmapti. Obameyang mavzusiga qaytsak, u asosiy tarkibda o‘yinga tushdi. Ammo gabonlik 45 daqiqa maydonda harakatlandi. Undan ham yomoni, Obameyang 7 marta to‘pga tegindi. Shulardan 4 tasi o‘yinni boshlab beruvchi paslar (bu jamoa gol urdirganidan keyin maydon markazdan beriladigan pas). Bunday statistika oldin ham bo‘lgan 6 oy oldin 32 yoshli hujumchi aynan "Arsenal"ga qarshi matchda boshlang‘ich tarkibda uchrashuvni boshlagan. O‘shanda u 9 marta to‘pga tegingan edi. Umuman olgandi, bu qo‘rqinchli statistika. Gol urish uchun tushurilgan hujumchi zarba tugul, xavfli hujum ham uyushtira olmadi. Gap futbolchining o‘zidami? yoki "Chelsi"da? Axir Obameyang bir yil avval Xavi qo‘l ostida qanday o‘yinlar ko‘rsatayotgan edi. U "Barsa" muxlislarini yoqimtoyiga aylandi, Ispaniyadagi qisqa faoliyati davomida 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Tecno

photo_2023-05-03_14-23-35

Obameyang mavsum boshida "Barselona"dan "Chelsi"ga 12 million evroga o‘tdi. Mazkur transfer klubning Levandovskini qo‘ldan chiqargani va uning o‘rniga zudlik bilan hujumchi topish kerakligi bois sodir bo‘ldi. Shu joyida savol tug‘iladi. Muzokaralar jarayonida Obameyangga boshlang‘ich tarkib kafolatlanganmidi? ya’ni u ikkinchi raqamli bo‘lib keldimi? yoki asosiy hujumchi? Vaziyatga boshqa tomondan qarasak, "Barsa"ga yangi strayker keldi. Levandovski mavsum davomida 90 daqiqa maydonda harakatlanib keldi. Depay ham kam o‘yin amaliyotidan nolib, klubni tark etdi. Demak, Obameyang Angliyaga zaxiradan o‘tirib qolmaslik uchun kelgan. Ammo Tuxelning ketishi hammasini o‘zgartirib yubordi. Boshida Obameyangga moslashib olishi uchun ko‘p daqiqalar berilmagan bo‘lsa, angliyalik mutaxassis qo‘l ostida haqiqiy zaxira futbolchisiga aylandi. Uni hatto Chempionlar ligasidagi qaydnomadan ham chiqarib yuborishdi. "Chelsi" hujumchiga qishda chiqish eshiklarini ko‘rsatdi, lekin yaxshi variant bo‘lmagani sabab, Obameyang qolib, asosiy tarkib uchun kurashmoqchi bo‘ldi. Aynan u kurashni boshlagan davrdan beri hujumchi 119 daqiqa o‘ynadi. Tuxel davrida gollar urib turgan bo‘lsa, hozir bitta uchrashuvda 7 marta to‘pga teginmoqda. Kurashuvchanlik va pressinglardagi harakatlarini aytmasa ham bo‘ladi. U shunchaki keraksiz futbolchiga aylandi qoldi.

photo_2023-05-03_14-23-27

Kataloniyaliklarda mavsum davomida Levandovskini o‘rnini to‘ldira oladigan o‘yinchi topilmadi. Polshalik hujumchi La Ligada to‘purar bo‘lsada, fantastik davrni o‘tkazayotgani yo‘q. Demak, Obameyangni o‘tgan yozda chiqargan qarori o‘zi uchun ham, "Barsa" uchun ham minusga ishladi.

"Arsenal"ga qarshi o‘yin gabonlikning yozda ketishini anglatadi. Kam o‘yin amaliyoti unga ta’sir qilgan. Endi biz "Borussiya" va "Arsenal"dagi Obameyangni ko‘rishimiz uchun vaqt kerak.

Suhrob Xolbekov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!