
Maxrez "Vest Xem"ga qarshi o‘yinda "Siti"ga yordam bera oladi
Xabaringiz bor "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Riyod Maxrez "Liverpul"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Angliya Superkubogi uchrashuvida doping-test topshirishdan xavfsirab ishtirok etmagan edi.
“Siti” shifokorlari yaqinda Afrika Millatlar kubogida ishtirok etib qaytgan jazoirlik futbolchini terma jamoa safida qanday dorilar iste’mol qilganini bilishmagani bois tavakkal qilmaslik uchun uni maydonga tushirmaslikka qaror qilishgan edi.
"Afrika Millatlar kubogidan so‘ng Maxrez nafas yo‘llarini yaxshilash uchun burnini operatsiya qildirdi. Afsuski, shifokorlar kerakli hujjatlarni vaqtida yubormaganligi uchun u maydonga tusha olmadi. Maxrez keyinchalik doping-testdan muvaffaqiyatli o‘tdi va endi u maydonga tusha oladi", - deydi Gvardiola.
Fikrlar