Mayk Din APL klublarini "ortda qoldirdi"
Kecha bo‘lib o‘tgan “Uotford” hamda “Chelsi” (4:1) klublari uchrashuvini boshqargan Mayk Din o‘yinning 30-daqiqasida “aristokratlar” futbolchisi Temue Bakayokoni maydondan chetlatdi.
Ta’kidlash lozimki, 49 yoshli hakam shu tariqa premer-ligadagi faoliyati davomida 89-marta cho‘ntagidan qizil kartochkasini oldi. Qizig‘i shundaki, u ushbu ko‘rsatgich borasida APLning barcha klublarini ortda qoldirdi.
Masalan, shu kungacha premer-ligada eng ko‘p qizil kartochkadan aziyat chekkan jamoa bu «Everton» (88ta) hisoblanadi. Keyingi o‘rinlar «Arsenal» (84), «Nyukasl» (80) va «Chelsi» (78) kabi jamoalarga tegishli.

Fikrlar