Mayk Tayson dunyoning eng zo‘r bokschisi kim ekanini aytdi. Kutilmagan nomzod!

  • 10 iyun, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘z davrida professional boks bo‘yicha mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Mayk Tayson bugungi kunda zamonaviy boksda eng zo‘ri kim ekanini aytdi.

Tecno

Taysonning ta’kidlashicha, ayni paytda Terens Krouforddan zo‘ri yo‘q. Biroq¸ Mayk bu charm qo‘lqop ustasining keng jamoatchilik yaxshi tanimasligini ham qo‘shimcha qildi.

- Terens Krouford — dunyoning eng zo‘r bokschisi. Lekin u o‘z jangiga besh mingta chipta sota olmaydi. Rayan Garsiya ham bor. U juda taniqli yigit, uning janglarida arena to‘lib-toshadi, - dedi Mayk Tayson.

Krouford o‘z vaznida 39 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘olib chiqqan va 30 ta uchrashuvda raqiblarini nokautga uchratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!