Mayk Tayson tez orada ringga qaytmoqchi. Raqib ham deyarli aniq!

  • 18 mart, 2021, 20:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 54 yoshli Mayk Tayson yana ringga qaytishini tasdiqladi.

 U Saul Alvares bilan "Hotboxin’ podcast"dagi suhbatida 29 may yoki shunga yaqin jang qilishini aytdi. Jang aynan, Alvaresning Avni Yildirim bilan so‘nggi jangini o‘tkazgan joyda ya’ni, Mayamidagi  “Hard Rock” stadionida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Raqib nomi oshkor qilinmagan, ammo u Evander Xolifild bo‘lishi kutilmoqda. "Temir Mayk" ancha yillik tanaffusdan so‘ng, o‘tgan yili noyabr oyida yana bir afsona Roy Jons bilan o‘ziga xos shou jangida ishtirok etib, durang qayd etgandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!