
Maykl Chendler: "Konor bilan albatta, jang qilaman"
Amerikalik MMA jangchisi Maykl Chendler (23-8) ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor (22-6) bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Konor bilan jangimiz qachondir bo‘ladi. Men bunga ishonaman. 2025 yilning qaysidir nuqtasida albatta, Makgregor bilan uchrashamiz" - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "Newsweek".
Eslatib o‘tamiz, Konor va Chendler jangi "UFC 303" turnirida o‘tkazilishi kerak edi, ammo irlandiyalikning oyog‘idan olgan jarohati bois bahs bekor bo‘lgandi.
Fikrlar