Maykl Chendler: "Menga qarshi hech kim 25 daqiqa chidab turolmaydi"
UFC jangchisi Maykl Chendler ikki yil davomida oktagonga chiqmagan bo‘lsa-da, hozir eng kuchli jangchi ekanini ta’kidlamoqda.
"Ba’zan kuchliroq bo‘lish uchun katta qiyinchiliklarni boshdan kechirish kerak. Ehtimol, avval ko‘p xato qilgandirman, ammo endi u Chendler yo‘q. Ayni paytda erta g‘alabaga intilishni ma’qul ko‘rmayman. Biroq hotirjam holda aql bilan kurashsam, hech kim menga 25 daqiqadan ortiq bardosh bilan qarshi tura olmaydi", - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "Sherdog.com".
Eslatib o‘tamiz, Maykl Chendler (23-8) 17 noyabr kuni "UFC 309" turnirida Charlz Oliveyra (34-10, 1N/C) bilan o‘zaro to‘qnash keladi.
Fikrlar