
Maykl Chendler Toni Fergyusonni dahshatli nokautga uchratdi
Ayni daqiqalarda UFC 274 turniri davom etmoqda. Asosiy karddan o‘rin olgan engil vazn (70,3 kg) toifasi vakillari Toni Fergyuson hamda Maykl Chendler o‘rtasidagi jang 2-raundda o‘z nihoyasiga etdi.
Garchi, 1-raundni Fergyuson yomon boshlamagan va bir nechta aniq zarbalari bilan Chendlerni muvozanatdan ham chiqargandi. Biroq 2-raundning boshlanishida Chendler ajoyib "front-kik" zarbasi bilan Fergyusonni chuqur nokautga uchratdi.
Shu tariqa Toni Fergyuson ketma-ket 4-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Chendler esa 2 mag‘lubiyatdan so‘ng, shu tarzda chiroyli qaytishga erisha oldi.
Oldinda bizni ikki markaziy jang kutib turibdi.
Fikrlar