Maykl Chendlerdan Dastin Porega munosib javob!

  • 3 iyun, 2022, 10:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Sobiq Bellator chempioni hozirda UFC promoushenining engil vazn(70,3 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazayotgan Maykl Chendler divizionning yana bir yulduzi Dastin Porening gaplariga o‘ziga xos munosabat bildirdi.

Avvalroq Pore, Chendler so‘ngi jangida g‘alaba qozongan jangchini yutmaganini aytgan. Shuningdek, Chendlerga u va Konor katta havf solishi mumkinligini aytgandi. Maykl esa bu fikrlarni salbiy qabul qilgan va shu tarzda fikr bildirdi.

 "Sening yolg‘oning bilan hech kimning ishi yo‘q. Sen porlamay qo‘yding, endi boshqalarni ko‘ra olmayapsan. Yop og‘zingni", - dedi Chendler.

Eslatib o‘tamiz, Maykl Chendler oxirgi jangida Toni Fergyusonni nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!