Maykl Keza: "Shavkat Rahionov kamar uchun birinchi da’vogarga aylanadi"
Amerikalik UFC jangchisi Maykl Keza qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov (18-0) va irlandiyalik Ian Garri (15-0) o‘rtasidagi bo‘lajak bahs uchun o‘z prognozlarini bildirdi.
“Rahmonov va Garri sparing o‘tkazishgan, shuning uchun ular bir-birlarini yaxshi bilishadi. Shu bois kim raqibini hayratda qoldira oladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Menimcha, Shavkat kurashni parterga olib boradi va yakunda ochkolar evaziga g‘alaba qozonib, chempionlik uchun birinchi raqamli da’vogarga aylanadi”, — dedi Keza Jeyms Linchga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Rahmonov va Garri 8 dekabr kuni AQSh ning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 310" turnirida jang qiladi.



Fikrlar