
Maykl Keza: "U Xabib Nurmagomedovni mag‘lub eta olardi"
36 yoshli amerikalik jangchi, yarim o‘rta vazn toifasi vakili Maykl Keza Toni Fergyusonning 2016 yildagi versiyasi UFC yulduzi Xabib Nurmagomedovni mag‘lub etishga qodirligini aytdi.
“Tan olaman, vaqtni ortga qaytarib, Toni Fergyusonning janglarini yana tomosha qilishni juda xohlardim. Men Rafael dos Anos va Tonining jangini ko‘p kuzatganman. 2016 yil Fergyuson Rafaelga qarshi oktagonda chiqqanda, juda daxshatli formada edi, u istalgan jangchini mag‘lub eta olardi. Agar 2016 yildagi Toni Xabibga qarshi to‘qnash kelganida, Nurmagomedovni taslim qilgan bo‘lardi", - deya Keza so‘zlarini keltiradi MMA News.
Eslatib o‘tamiz, Toni Fergyuson hozircha oxirgi jangida Kezaga birinchi raunddayoq engildi va shu tariqa UFC tarixidagi eng uzoq mag‘lubiyatli seriya qayd etgan jangchiga aylandi.
Fikrlar