Mbappe - eng yaxshi to‘purar, Di Mariya esa eng yaxshi assistent bo‘ldi
"Pari Sen-Jermen" klubi forvardi Kilian Mbappe Frantsiya chempionatining joriy 2019 yildagi eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
U yakuniga etib borayotgan yilda Liga 1 da jami 31 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etdi. Mbappe shuningdek raqib jarima maydonida eng ko‘p – 263 marta to‘pga tegingan futbolchiga aylandi.
Chempionatning eng yaxshi assistenti esa PSJning argentinalik futbolchisi Anxel Di Mariya bo‘ldi. U jamoadoshlarining 12 ta goliga assistentlik qildi.
"Marsel" a’zosi Valentin Rone esa hammadan ko‘p golli vaziyat yaratdi (90).
Raqiblarni aldab o‘tish bo‘yicha esa "Nitstsa" futbolchisi Yusef Atal (98) bo‘ldi.
Eng ko‘p seyvni esa "Nitstsa" darvozaboni Valter Benites (124) amalga oshirdi.
Fikrlar