
Mbappe, birgina imzo uchun 100 million evro olasan!
“Pari Sen-Jermen” rahbariyati jamoa etakchisi Kilia Mbappeni ushlab qolish yo‘llarini qidirmoqda. Parijliklar futbolchiga ajoyib tiaklif bilan chiqdi, - deb xabar bermoqda Le Parisien nashri.
Manbaning ta’kidlanishicha, klub xo‘jayinlari 23 yoshli futbolchiga ikki yillik bitim taklif qilyapti. Bu vaqt mobaynida Mbappega yiliga 50 million evrodan maosh beriladi. Agar u yangi bitimni imzolasa, qo‘shimcha tarzda 100 million evro miqdorida sodiqlik bonusi ham oladi.
Kilian Mbappe 2017 yildan beri PSJda to‘p tepib kelmoqda. Parijliklarni uni qo‘lga kiritish uchun “Monako”ga 145 million evro miqdorida badal to‘lagan.
Transfermarkt Mbappening transferini 160 million evroga baholamoqda. Hujumchi mavsum oxirida erkin agentga aylanadi va yozda “Real”ga o‘tishi aytilmoqda.
Fikrlar