Mbappe, o‘zing eshik qoqib kelsang ham, jamoaga olmaymiz!

  • 27 dekabr, 2022, 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marca nashri “Real” rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappe transferi bo‘yicha futbolchi bilan aloqa o‘rnatilgani haqidagi xabarlar haqiqatdan uzoq ekanini ta’kidlamoqda. Tomonlar o‘rtasida hech qanday muzokara o‘tkazilmagan.

Lionel Messi PSJ rahbariyati bilan yangi bitim borasida kelishib olgani Mbappega ta’sir qila boshladi. 24 yoshli hujumchi jamoa uning atrofida shakllantirilishini istaydi. Bundan tashqari, Mbappe jamoa ichida janubiy amerikalik futbolchilarning ta’siri kuchli ekanini hazm qila olmayapti.

Bir so‘z bilan aytganda, Mbappe PSJdagi holatidan norozi. Boshqa klubga o‘tishni istayapti. Biroq, dunyoning hech bir klubi Mbappega Parij klubi taqdim etgan sharoitni qilib berolmaydi. Xususan, “Real” ham Mbappe o‘zi Madridga kelgan taqdirda ham u bilan hamkorlik qilmasligini bildirgan.

“Real” yaqinda braziliyalik vunderkind Endrikni xarid qildi. Endi madridliklar “Borussiya” etakchisi Jud Bellingem transferi ustida ishlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!