Mbappe, shu ishni qilsang 90 million evro olasan!

  • 1 iyun, 2023, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati etakchi hujumchisi Kilian Mbappeni ushlab qolish uchun turli yo‘llarni qidirmoqda. Xususan, mutasaddilari 24 yoshli futbolchini sadoqat ko‘rsatishi uchun katta miqdorda mukofot puli bilan siylamoqchi.

Tecno

RMC Sport nashrining ta’kidlashicha, PSJ xo‘jayinlari agar Mbappe yozda boshqa jamoaga o‘tib ketmasa, unga 90 million evro miqdorida mukofot puli ajratadi.

Mbappe parijliklar safida 2017 yildan beri o‘ynab kelmoqda. O‘tgan yili u klub bilan kelishuvini uzaytirdi. Shunday bo‘ls-da, Kilian “Real”ga o‘tish fikridan qaytgani yo‘q.

Transfer mutaxassislari Mbappe “Real”ga 2024 yilning yozida ko‘chib o‘tishi mumkinligini ta’kidlayapti. Chunki bir yildan keyin futbolchida klub bilan hamkorlikni to‘xtatish huquqi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!