Mbappe aynan mana shu jamoada dunyoning eng zo‘r futbolchisiga aylanadi
Braziliyalik futbol yulduzi Ronaldino PSJ hujumchisi Kilian Mbappe haqida iliq fikr bildirdi.
- Mbappe aynan PSJda Chempionlar ligasini yutishi va dunyoning eng zo‘r futbolchisiga aylanishi mumkin. Mening davrimda hammasi boshqacha edi. Hozir PSJ Evropaning top-klublari darajasiga etgan.
Men Mbappening jamoada qolishini istayman. Biz dunyoning eng zo‘r o‘yinchilari PSJda o‘ynab, Chempionlar ligasida zafar quchishini tomosha qilmoqchimiz, - dedi Ronaldino.
Ronaldinoning o‘zi Evropadagi faoliyatini aynan Parij klubida boshlagan. Braziliyalik iste’dod egasi 2001-2003 yillar davomida parijliklar safida 55 ta uchrashuvda 17 ta gol urgan.
Fikrlar