
Mbappe baribir kuzgacha ligamizga keladi!
La Liga rahbari Xaver Tebas PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kelasi mavsum boshlangunga qadar “Real”ga ko‘chib o‘tishiga ishonch bildirdi.
- Men Mbappe La Ligaga kelishiga umid qilaman. Mendan bu haqda so‘rasangiz, muhlis sifatida Mbappe shu yozda PSJni tark etadi, deb o‘ylayman.
Chunki UEFA moliyaviy ko‘rsatkichlarni jiddiy nazorat qiladi. Parij klubida maoshlar fondi juda katta. Ular maoshlarni qisqartirishga majbur.
Mbappeni sotib yuborib, PSJ ikki tomonlama yutadi. Birinchidan, katta transferdan mo‘may daromad oladi. Ikkinchidan Mbappe ketishi bilan maoshga ajratiladigan xarajatlar sezilarli darajada qisqaradi. Bu holat ularni UEFA talablariga yaqinlashtiradi.
“Real”da esa, bu katta transferni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyat bor, - dedi Xaver Tebas.
Fikrlar