Mbappe "Barselona"ga qarshi finalni o‘tkazib yuborish xavfi bor

  • 13 aprel, 21:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Kilian Mbappe “Alaves”ga qarshi o‘yinda juda qo‘pol qoida buzganligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Endilikda “Real” yulduzi ichki musobaqalarda diskvalifikatsiya bilan yuzma-yuz keladi. Savol esa shundaki — frantsuz futbolchi nechta o‘yinni o‘tkazib yuboradi?

Tecno

Agar Mbappe uchta yoki undan ko‘p o‘yinga diskvalifikatsiya qilinsa, u holda u “Barselona”ga qarshi Ispaniya Kubogi finalini o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari, bu jazolar frantsuz futbolchisining “Real”dagi debyut mavsumida Krishtianu Ronalduning gol rekordini yangilashiga ham to‘sqinlik qilishi mumkin. Hozirda Mbappening hisobida 32 ta gol bor, Ronalduning esa 2009/2010 yilgi mavsumda 33 ta goli bo‘lgan.

Biroq sobiq hakam Eduardo Iturralde Mbappening diskvalifikatsiyasi uzoq davom etmasligiga ishonmoqda.

— “Bu ikki o‘yinlik diskvalifikatsiya bo‘ladi, chunki "Alaves" futbolchisi jarohat olmadi, uni zaxiraga almashtirishga to‘g‘ri kelmadi. Mbappe finalni o‘tkazib yuboradi, agar to‘rt yoki undan ortiq o‘yinga chetlatilsa, lekin bu sodir bo‘lmaydi”, — deya Iturraldening so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!