Mbappe bu ishni to‘rt yildan beri qiladi

  • 14 may, 2023, 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yulduzi Kilian Mbappe oxirgi 60 yil davomida ketma-ket to‘rt mavsumdan beri milliy chempionatda 25 ta va undan ko‘p gol urib kelayotgan birinchi futbolchiga aylandi.

Tecno

Navbatdagi turda parijliklar “Ayachcho”ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, raqibni quyi ligaga tushirib yubordi.

O‘yinda Mbappe dublga erishib, joriy chempionatdagi gollari sonini 26 taga etkazdi. Kilian 2019 yili 33 ta, keyingi mavsumda 27 ta va o‘tgan chempionatda 28 ta gol muallifi bo‘ldi.

Avvalgi rekord frantsiyalik Tade Sizovskiga tegishli bo‘lgan. Bu futbolchi 1956-1960 yillardagi chempionatlarda Parijning “Rasing” klubida ketma-ket to‘rt mavsum 25 tadan ko‘p to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!