Mbappe: "Dunyoning eng yaxshi klublaridan birida o‘ynayotganimni his qilish uchun "Real"ga qarshi o‘yinni kutishim shart emasdi"

  • 16 fevral, 2022, 08:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Evropa chempionlar ligasi doirasidagi "Real"ga qarshi o‘yindan so‘ng quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

"Men baxtliman. Biz juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik va bundan qoniqdik. Ikkinchi o‘yin oldidan ustunlik biz tarafda. 

Neymar pas berdi, men esa jarima maydoni ichiga tezlik bilan yorib kirdim. Himoyachilar ortda qolgandi va men darvozabonning oyoqlari orasidan gol urishimni aniq qilib olgandim.

"Real" singari jamoalar hech qachon taslim bo‘lmaydi. Bugungi o‘yinda ular natijaga erisha olmadi, ammo javob uchrashuvida boshqacha harakat qiladi. Biz 9 mart kungi bahsga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

Men bor e’tiborimni futbolga qaratmoqchi edim. Odamlar bilgan va bilmagan narsalari haqida ko‘p gapirishadi. Haqiqat shuki, men bor e’tiborimni jamoaga yordam berishga qaratganman. 

Qolarversa, men diqqatimni jamlab olganman va PSJda ekanligimdan mamnunmam. Dunyoning eng yaxshi klublaridan birida o‘ynayotganimni his qilish uchun fevral oyidagi "Real"ga qarshi o‘yinni kutishim shart emasdi", - deydi futbolchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!