
Mbappe endi Afrikada futbol o‘ynaydi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe otasi Uilfridning vatani Kamerunga keldi. Bu haqda RFI nashri ma’lumot tarqatdi.
Mbappe Afrika davlatiga tashrifi davomida Kamerun bosh vaziri bilan uchrashadi. Shuningdek, uning dasturidan Mbappe jamg‘armasi ta’mirlagan maktabga borish va Kamerun chempionati ikkinchi divizionidagi jamoa bilan o‘rtoqlik o‘yinida qatnashish o‘rin olgan.
Mbappening otasi Frantsiyaning “Bondi” klubining futbol maktabida murabbiy bo‘lib ishlagan. Onasi Fayza esa, jazoirlik migrantlar bo‘lgan va professional gandbolchi hisoblanadi.
Kilianning o‘zi 2017 yildan beri PSJda to‘p tepmoqda. Shu paytga qadar 24 yoshli hujumchi parijliklar safida 260 ta uchrashuvda qatnashib, 212 ta gol va 98 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar