
Mbappe futbol chetlatilmaslik uchun 100 million evroni olmadi
“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Kilian Mbappe baribir klub bilan yangi shartnoma tuzmoqchi emas. Uning amaldagi kelishuvi yozda yakunlanadi.
L'Equipe nashrining yozishicha, Kilian Mbappe bu mavsum olishi kerak bo‘lgan 100 million evro miqdoridagi bonusdan voz kechdi. Manbaning ta’kidlashicha, 24 yoshli hujumchi maydonda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun shu qaror kelgan.
Ma’lumki, parijliklar mavsum boshlanishidan avval Mbappeni tarkibdan chetlangan va shartnomani uzaytirmasa, bir mavsum o‘yin amaliyotisiz qoldirilishini uqtirgandi.
Garchi Kilian yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlash orqali jamoaga qaytib olgan bo‘lsa-da, hali hujjatni imzolamadi.
Mbappe PSJda eng yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan o‘yinchi bo‘lib turibdi. PSJ dastlabki turda Mbappesiz o‘ynab, gol ura olmadi. Mbappeni safga qaytarganidan keyin mohir hujumchi ketma-ket uchta uchrashuvda to‘p kiritib, jamoasiga etti ochko olib berdi va PSJ musobaqa jadvaliga ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar