Mbappe hammani hayron qoldirishda davom etmoqda

  • 20 aprel, 2017, 11:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasi chorak final javob bahslari bo‘lib o‘tdi. Shu kuni o‘z maydonida Dortmundning “Borussiya” klubini qabul qilgan “Monako” yakunda 3:1 hisobida raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Shu kuni mezbonlarning 18 yoshli a’zosi Kilian Mbappe uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq dortmundliklar darvozasini ishg‘ol etdi. Ta’kidlash kerakki Mbappe asosiy tarkibda tushgan so‘nggi 4ta uchrashuvning barchasida gol urishga erishgan birinchi futbolchi bo‘lib EChL tarixiga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik vunderkind  Dortmundagi dastlabki bahsda ham gol kiritgan. Undan avvalroq esa nimchorak finalda “Manchester Siti”ga qarshi har ikkala o‘yinda gol urishga erishgan edi.

"Monako" o‘z maydonida "Borussiya D"ni ishonchli tarzda engdi va yarim finalga yo‘l oldi

Mbappe yana gol urdi: “Monako” – “Borussi D” 3:1 (Video)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!