Mbappe: Haydasang ham ketmayman!

  • 10 avgust, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klub rahbariyati tomonidan bir mavsum davomida o‘yinlardan chetlatishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi.

Tecno

Le Parisien nashrining yozishicha, 24 yoshli forvard kelajagi haqida klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiy bilan uchrashib, gaplashib olgan.

Mbappe klub xo‘jayini hech qayoqqa ketmasligini, mavsumni PSJda o‘tkazib, shartnomasini oxirigacha bajarishini uqtirgan.

Parij klubi rahbariyati qimmatbaho o‘yinchi kelasi yozda erkin agent sifatida “Real”ga bepul o‘tib ketishini istamayapti. Ular o‘yinchidan shartnomani uzaytirish yoki boshqa klubga sotib yuborishga qarshilik qilmasligini so‘rayapti.

Aksiga olib, Mbappe klub istagiga qarshi bormoqda. Kilian bir mavsum o‘ynamasa ham, mavsumni PSJda yakunlab, keyin Madridga yo‘l olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!