
Mbappe ilk 100-golini Messi va Ronaldudan ertaroq kiritdi
PSJ klubi va Frantsiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe o‘zining faoliyatidagi gollari sonini 100 taga etkazib oldi.
E’tiborlisi, u bu natijani Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") va Lionel Messilardan ("Barselona") ko‘ra tezroq amalga oshirdi. Aniqrog‘i, Mbappe dastlabki 100 ta golni 20 yosh 173 kunlik paytida urdi. Taqqoslash uchun, Ronaldu o‘zining ilk 100-golini 22 yosh 356 kunlikda, Messi esa 22 yosh 97 kunlikda kiritgan.
Ma’lumot uchun, Mbappe faoliyatidagi 100 ta golning 60 tasini PSJda, 27 tasini “Monako”da va qolgan 13 tasini esa Frantsiya terma jamoasida kiritgan.
Fikrlar