
Mbappe Ispaniyaga qarshi o‘yindan keyin nimalar dedi?
Frantsiya terma jamoasi va "Real" Madrid klubi hujumichisi Ispaniyaga qarshi o‘yindan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi.
- "Ispaniya bizdan ancha yaxshi o‘ynadi. Biz o‘yinni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. Qisqa vaqt ichida ikkita gol o‘tkazib yubordik va ikkinchi bo‘limda o‘yinni qaytara olmadik".
- Nega niqobsiz o‘ynading?
- "Men bu qarorni o‘yindan oldin qabul qildim. Men niqobdan charchadim va shifokordan niqobsiz o‘ynashni so‘radim hamda u menga istaganingni qil deb aytdi.
Men uchun turnir muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Musobaqada g‘olib bo‘lishni juda xohlagandim. Og‘ir o‘yinlar ko‘p bo‘ldi va endi men ta’tilga chiqib, dam olmoqchiman. Ha, men turnirni yomon o‘tkazdim va biz uyga qaytamiz. Menga dam olish juda muhim. Shundan so‘ng yangi hayot boshlanadi", - dedi Mbappe.
Fikrlar