Mbappe: "Madriddagi hayotim Parijga nisbatan osoyishtaroq"

  • 09.10.2025 18:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi hamda "Real Madrid" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Madriddagi hayoti haqida fikr bildirdi. U 2024 yil yozida“PSJdan "Real"ga o‘tgan edi.

— Har bir futbolchi karerasida oson davrlar bo‘lmaydi. Ba’zi yillar murakkab kechadi, qiyinchiliklarga duch kelishga to‘g‘ri keladi.

Lekin hayotda men Madridga yaxshi moslashdim deb o‘ylayman. Hozir ancha xotirjam bo‘lib qoldim.

Bu Frantsiyaga qarshi aytiladigan so‘z emas, lekin rostini aytsam, Madridda o‘zimni ancha tinch his qilaman. Bu erdagi hayot Parijga nisbatan sukunatli va barqarorroq, — deya ta’rif berib o‘tdi Frantsiya terma jamoasi sardori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!