
Mbappe Messidan muhimroq ekan!
PSJ rahbariyati o‘tgan yozda Kilian Mbappeni 2025 yilning yarmigacha Parijda qolishga ko‘ndirgan edi. Yangi shartnoma uzoq muddatli hisoblanmaydi.
Parijliklar mundialda bor salohiyatini namoyish etayotgan 23 yoshli hujumchini yanada uzoq muddatga o‘z safida olib qolmoqchi.
El Nacional nashrining yozishicha, PSJ uchun Mbappe Lionel Messidan muhimroq. Shu bois, klub mutasaddilari yozgacha asosiy e’tiborni frantsiyalik hujumchi bilan yangi shartnoma tuzishga qaratadi.
Bungacha klub sport direktori oldiga Lionel Messini jamoada kamida yana ikki mavsumga olib qolish asosiy vazifa sifatida qo‘yilgandi.
Fikrlar