
Mbappe muammoga nuqta qo‘ydi
So‘nggi paytda Kilian Mbappe transfer haqidagi yangiliklar markazida bo‘ldi. 24 yoshli futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirmasligini e’lon qilgandi.
Qimmatbaho futbolchini bir yildan keyin bepul qo‘ldan chiqarmaslik uchun PSJ rahbariyati uni transferga qo‘ygani ma’lum qilindi.
Biroq, Kilian Mbappening o‘zi bu masalaga nuqta qo‘ydi.
- Kelasi mavsum PSJ safida qolaman. Kelajagimni 2024 yilning yozida o‘zim hal qilaman. Bir yil davomida ko‘p narsa o‘zgarib ketishi mumkin. Ayniqsa, PSJ darajasidagi klubda, - dedi Kilian Mbappe.
Fikrlar