Mbappe nega "Real"ga o‘tmagan? Futbolchining o‘zi javob berdi

  • 12 noyabr, 2022, 02:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ futbolchisi Kilian Mbappe o‘tgan mavsum tugaganidan so‘ng “Real”ga o‘tishi kutilgan edi. Ammo yakunda bunday bo‘lmadi va hujumchi o‘z vatanida qolib, klub bilan shartnomani 2025 yilgacha uzaytirdi. Jahon chempioni o‘sha vaqtdagi qaroriga izox berdi.

Tecno

“Albatta, “Real”ga borish osonroq edi, lekin mening shunday ambitsiyam bor. Men frantsuzman va Parij farzandiman. Bu erda g‘alaba qozonish haqiqatan ham o‘zgacha. Sizning nomingiz butun vataningiz tarixiga yozilishi mumkin.”- dedi 23 yoshli futbolchi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Mbappe shartnomani uzaytirib o‘zini xatoga yo‘l qo‘ygan deb hisoblaydi. Bu haqda Fabritsio Romano ham xabar bergan. U ichki nizolar tufayli klubni tark etishi va Madrid jamoasiga o‘tmoqchi ekanligi haqida ham ma’lumotlar tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!