Mbappe nihoyat kelajagi haqidagi savolga javob berdi

  • 14 may, 2024, 10:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Kilian Mbappe jurnalistlarning kelajakdagi faoliyati haqidagi savoliga javob qaytardi.

Tecno

- “Real”ga o‘tayotganim qachon e’lon qilinishini so‘rayapsizlar. Hayotda hamma narsaning o‘z vaqti-soati bor. Men PSJdan ketyapman.  Qolgan masalarlarni hal qilish uchun esa, hali vaqt bor, - dedi Kilian Mbappe.

Garchi 25 yoshli forvardning Parij klubini tark etishi aniq bo‘lsa-da, faoliyatini qaerda davom ettirishi rasman e’lon qilingani yo‘q.

Evropa matbuoti Mbappe “Real” bilan 2029 yilga qadar davom etadigan shartnoma imzolaganini yozmoqda. Qolaversa, “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottini Mbappeni kutib olishga tayyorgarlik ko‘rish haqida ogohlantirgani haqida ham ko‘p ma’lumotlar chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!