
Mbappe o‘rniga zo‘r to‘purar keladi
PSJ rahbariyati jamoaning asosiy hujumchisi Kilian Mbappeni yangi shartnomaga ko‘ndira olmasa, uning o‘rniga olib kelinadigan futbolchini topib qo‘ydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiy Maurisio Pochettino hujum chizig‘ida ayni paytda “Inter” sharafini himoya qilayotgan Romelu Lukakuni ko‘rmoqchi. Belgiyalik to‘purarga Serxio Aguero o‘rniga hujumchi qidirayotgan “Manchester Siti”dan ham taklif bor. Biroq, Lukaku Angliyaga qaytish rejasi yo‘qligini ta’kidladi.
“Inter” ayni paytda moliyaviy murakkab ahvolda qolgan. Shu bois, milanliklar qimmatbaho futbolchini sotish orqali mmay daromad ishlab olish va Lukakuga berilayotgan katta miqdordagi maoshni tejab qolish maqsadida bu transferga qarshilik qilmasligi aytilmoqda.
Fikrlar