Mbappe o‘zidan zo‘rlar borligini ko‘rmayapti

  • 25 noyabr, 2022, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasining 39 yoshli himoyachisi Dani Alves o‘zi bilan o‘ynagan Lionel Messi va Neymarni PSJ yulduzi Kilian Mbappedan ustun qo‘ydi.

- Buyuk o‘yinchilar atrofida kimlar borligini yaxshi bilishi kerak. Jamoadoshlaring sening kuchli tomonlaringni namoyon qilishga yordam beradi. Mbappe – fenomen, lekin u PSJda yonida yndan zo‘rlari borligini tushunib etgani yo‘q.

Messi va Neymar haqiqatan ajoyib futbolchilar, ular maydonda boshqalar payqamagan narsalarni ko‘ra oladi, hech kimning qo‘lidan kelmagan ishlarni amalga oshiradi.

Men o‘zimni to‘p bilan yaxshi muomala qiladigan o‘yinchi, deb bilaman. Lekin Messi va Neymar bilan o‘ynaganimda to‘pni ularga berardim. Agar Mbappe bu ikkisiga to‘pni topshirib qo‘ysa, o‘zi bir mavsumda 150 ta gol uradi, - dedi Dani Alves.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!