Mbappe Parijdagi tungi klubga tashrifidan so‘ng tanqidlar ostida qoldi

  • 02.10.2026 20:45
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Parijdagi tungi klubga tashrifidan so‘ng tanqidlar ostida qoldi. Frantsiya terma jamoasi yulduzi ayrim jurnalistlar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.

The Touchline nashrining L’Equipe manbasiga tayanib xabar berishicha, Madridning «Real» klubi Mbappega qarshi ayrim ommaviy axborot vositalari tomonidan kampaniya olib borilayotganini hisoblamoqda. Klub rahbariyati Kilianing Parijga safarini oldindan kelishilgan va rasmiy ruhsat etilgan tashrif ekaniга urg‘u bergan.

Shuningdek, «Real»da Mbappening hozirgi jismoniy holati unga jamoa bilan to‘liq mashg‘ulot o‘tkazish imkonini bermayotgani ta’kidlangan. Shu bois futbolchi ayni paytda tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe 2026/27 yilgi mavsumda «Real» safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!