Mbappe: Platinini ortda qoldiraman, ammo...

  • 27 mart, 2023, 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe terma jamoadagi to‘purarlik borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U hozirda Frantsiya terma jamoasi to‘purarlar ro‘yxatida Mishel Platinidan 3 ta gol ortda qolib, 5-o‘rinni egallab turibdi.

Tecno

"Platinigacha uchta gol? Bu men zabt etishim kerak bo‘lgan yana bir to‘siq. Platini Frantsiyaning mutlaq afsonasi. Undan o‘zib ketsam ham, u yurtimizning afsonaviy futbolchisi bo‘lib qolaveradi. Men yo‘limda davom etish niyatidaman va u Mishelning rekordidan o‘tadi”, - dedi Mbappe matbuot anjumanida.

24 yoshli hujumchi Frantsiya terma jamoasi safida 67ta o‘yinda maydonga tushib, 38ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar bu Olive Jiru hisoblanadi. Uning hisobida 53 ta gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!